Monday, 8 September 2014

O'zbek olimlari








Eng  yaxshi o’zbekcha ma’ruzalarni qaysi saytdan topsa bo’ladi?
O’zbekcha Islomiy ma’ruzalarni Internetdan topsa bo’ladimi?
Qanday qilib bu dunyoda boy bo’lib, ohiratda ham hotirjam bo’lish mumkin?
Islomiy (diniy) amallar qilib boy bo’lib, hotirjam bo’lib, yaxshi yashash mumkinmi?
Qur’onni o’zbekcha tarjimasini qayerdan topsa bo’ladi?
Qur’on tafsirlarining o’zbek tilidagisi bormi?



Hozirgi zamonda internet radio, televideniya rivojlangan davrda odamlarni kitob o’qishga qiziqishlari yanada susaydi. Chunki bitta kitobni o’rtacha olganda 2 hafta o’qish mumkin, undan ko’ra 2 soatda o’sha kitob uchun ishlangan kinofilmi ko’rish hozirgi vaqtda osonroq. SHundaymasmi?
Diniy masalalarda ham ahvol deyarli shunday. Inson yoshlikdan yo’l-yo’rig’ ko’rsatishlikka, maslahatga, kimgadir taqlid qilishlikka ehtiyoji bor. Hayot davomida savollar tug’ilgach, ularga javob topishga odam haris bo’ladi. Shundan kelib chiqib e’tiboringizga o’zbek tilida diniy savollarga javob berishi mumkin bo’lgan, diniy olimlarni ozgina muhokama qilamiz. Biz keltirib o’tadigan olimlarning sizga kerak bo’ladigan masalalardagi ba’zi ma’ruzalarini INTERNET orqali topish mumkin.

Demak boshladik:
1)       Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Bu Shayxga ortiqcha ta’rif hojat emas nazarimizda. Bu hazrat butun dunyoda o’zining o’rnini topgan inson hisoblanadi. Bu odam haqida ma’lumotni Wikipedia ensiklapediyasi orqali ham topish mumkin. Bu kishining ma’ruzalarini topish uchun ul kishining ISLOM.UZ saytiga murojjat qilsangiz kifoya. Bu saytda siz turli hil maqolalar, yangi kashfiyotlar, Mo’jizlar yoyingki, ISLOM dini borasidagi O’zbek tilidagi  butun bir yangiliklarni topishingiz mumkin. Undan tashqari hammamizga tanish bo’lgan YOUTUBE saytiga ham Izlashga bersangiz, u kishining ba’zi bir ma’ruzalari yozilgan video roliklarni ham topishingiz mumkin. Bu domlaning qilgan eng katta ishlaridan “Qur’on oyatlari tafsiri” hisoblanadi. Ayniqsa, “O’zbek bulbuli” bo’lmish Afzal Rafiqov uni o’qib bergani g’oyatda ta’sirli chiqqann. 

Saytga o’tish uchun shu yerga bosing:
www.islom.uz 



Afzal Rafiqov talqinidagi Qur’on oyatlari tarjimasiga o’tish uchun shu yerga bosing:



2) AbduG’ani (Abdulloh) qori aka.
Bu kishi asli Qirg’izstonlik bo’lib, kelib chiqishlari, oilaviy sharoitalari haqida bizda aniq bir ma’lumotlar yo’q. Keyingi paytlarda bu domla haqida xalq orasida turli hil asoslanmagan fikrlar yuripti ekan. “Bu domladan ehtiyot bo’l…” “Bu domlani qidirishyapti ekan…” “Bu domla “qora ro’yhatda ekan…””  “Bir bola shu domlani ma’ruzalarini internetda tinglab o’tirgan ekan, uni o’sha yerdan tutib olib chiqib ketishipti…”va hokazo. Albatta bular asossiz ayblovlar. Umuman olganda Respublikamizda bo’lib o’tgan qo’poruvchilik harakatlaridan keyin dinga nisabatan nafaqat hukumat rahbarlarida balki, oddiy xalq vakillarida ham salbiy fikrlar paydo bo’ldi. Aytmoqchimizki, agar siz diniy ma’ruzalarni tinglamoqchi bo’lsangiz hattoki Shayx hazratning ham ma’ruzlarini ommaviy tinglab o’tirolmaysiz. Shuning uchun ham agar siz O’zbekiston hududida bo’lib, diniy ilmga chanqoq bo’lsangiz, eng yaxshi yo’l, uni Telefon yoki diskka yozib olib, holi qolgan holda quloq moslamalari (naushniklar) orqali tinglaganingiz ma’qul. “Devorning ham qulog’i bor” deydi dono xalqimiz. O’lkamizda ta’qib ostida bo’lgan ulamolardan yagonasi bu AbduVali qori domla hisoblanadi.
    AbduG’ani (Abdulloh) domla o’zbek musulmonlari uchun ULKAN ishlarni qildi. Qilgan ma’ruzalardan xalq orasida eng mashhuri bu “Qalb kasalliklari”, “Payg’ambarlar qissasi” va Hammamiz hozirgi zamonda izlayotgan va o’zimizga doimiy ravishda savol berayotgan  “Islomiy amallarni bajarib (namoz o’qib, ro’za tutub, Masjidga jamoatga chiqib) BOY bo’lish mumkinmi? ” degan savollarga javob sifatida “Boylik kalitlari” bobidagi ma’ruzalaridir. Bu kishining e’tiborga molik hislati bu-Har qanday odam tushunishi mumkin bo’lgan tilda ma’ruza qiladi. Keltiradigan misollari oddiy kundalik hayotimizda uchraydigan voqealardan bo’ladi. Ko’pchiligimiz diniy idora tomonidan tashkil qilingan kutubhonalar va do’konlardan disklar yozilgan domlalarning ma’ruzalarini tinglasak ba’zan bu holat kuzatilmayotganini sezamiz. Go’yoki ular  qanaqadir boshqa tilda gapirayotgandek. Ko’plari o’ta adabiy tilda gapiradi. Albatta biz ularni bu bilan ilmsizlikda ayblab yoki izlanishlari sust demoqchi emasmiz. Shunchaki hammamizning boshimizdan o’tgan holatlarga urg’u bermoqchimiz holos! Bu qori akaga kelsak bunday va’ziyatlar deyarli kuzatilmaydi. Har qanday mavzudagi ma’ruzalarini, har qanday ilmiy darajadagi odam tushunib yetishi mumkin,
 
Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:
   To’liq ma’ruzalari uchun:


Boylik kalitlari uchun:




3) Foziljon qori aka.
   Bu domlaning xalq orasidagi eng mashhur ma’ruzasi bu- “Bedana” hikoyasi. Umuman bu domlaning ma’ruzalari deyarli hech qaysi domlanikiga o’xshamaydi chunki bu domla asosan rivoyatlardan misol keltirib ma’ruza qiladi.  Afuski bu domlaning ma’ruzalarini internetda unchalik ham ko’p uchramaydi. Ammo ularning o’zi ham uncha-muncha odamning qalb eshiklarini ochish uchun yetarlik bo’lishi ham mumkin.

Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:


4) Qobiljon qori aka.

Bu domla ham juda shirin ma’ruza qiladilar. Ayniqsa fonga qo'yilgan kuylar u kishining ma'ruzalarini yanada ta'sirli 

Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:


5) Ulug’bek qori aka.
Bu domlaning ham ma’ruzalari juda ma’noli. Bilamiz-ki, turli hil tabiatli odamlar bo’ladi: yumshoq, qattiq qo’l, qo’rs, va hokazo. Har kimga biror bir narsani uqtirmoqchi bo’lsangiz albatta uning tabiatidan kelib chiqishingiz zarur. Oramizda shunday odamlar bor-ki, faqatgina qattiq, o’g’ir misollar yoki gap so’zlar orqali sizi tushunishi mumkin holos. Ularga yumshoq muomala bilan biror narsani o’rgatmoqchi bo’lsangiz, ular sizni jerkib berishadi. Ana shunday odamlar uchun eng yaxshi dori bu Ulug’bek qori akaning ma’ruzalari to’plami. Bu qori aka aynan muloyim gapni tushunishi qiyin bo’lgan odamlarga juda oson “o’zlarining tilida” tushuntiradi. Demak, agarda sizning birorta tanishingiz shunday tabiatli bo’lsa-yu, uni to’gri yo’lga kirishini xoxlasangiz, u holda sizga Ulug’bek qori akani tavsiya etamiz. Afsuski bizga no’malum sabablarga ko’ra bu domlaning ma’ruzalari yaqin paytlardan beri to’xtab qoldi, shuning uchun ham unchalik ko’p miqdorda topish qiyin. Ammo YOUTUBE orqali topishingiz mumkin.

Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:


Albatta har bir ilm egasi o’ziga hos o’rinda turadi. Ham Allohning dargohida, ham insonlar qalbida. Har kimning ko’ngil eshiklari kaliti har xil. Biz sizga keltirgan Olimlar ro’yhati faqatgina internet orqali topish mumkin va hech qanday salbiy ta’sirga ega bo’lmaydigan odamlardan tuzilgan. 

Alloh taolo hammamizning iymonimizni mustahkam qilsin!

E’tiboringiz uchun rahmat!!!