Eng yaxshi
o’zbekcha ma’ruzalarni qaysi saytdan topsa bo’ladi?
O’zbekcha Islomiy ma’ruzalarni Internetdan topsa
bo’ladimi?
Qanday qilib bu dunyoda boy bo’lib, ohiratda ham
hotirjam bo’lish mumkin?
Islomiy (diniy) amallar qilib boy bo’lib, hotirjam
bo’lib, yaxshi yashash mumkinmi?
Qur’onni o’zbekcha tarjimasini qayerdan topsa
bo’ladi?
Qur’on tafsirlarining o’zbek tilidagisi bormi?
Hozirgi zamonda internet radio, televideniya
rivojlangan davrda odamlarni kitob o’qishga qiziqishlari yanada susaydi. Chunki
bitta kitobni o’rtacha olganda 2 hafta o’qish mumkin, undan ko’ra 2 soatda
o’sha kitob uchun ishlangan kinofilmi ko’rish hozirgi vaqtda osonroq.
SHundaymasmi?
Diniy masalalarda ham ahvol deyarli shunday. Inson
yoshlikdan yo’l-yo’rig’ ko’rsatishlikka, maslahatga, kimgadir taqlid
qilishlikka ehtiyoji bor. Hayot davomida savollar tug’ilgach, ularga javob
topishga odam haris bo’ladi. Shundan kelib chiqib e’tiboringizga o’zbek tilida
diniy savollarga javob berishi mumkin bo’lgan, diniy olimlarni ozgina muhokama
qilamiz. Biz keltirib o’tadigan olimlarning sizga kerak bo’ladigan
masalalardagi ba’zi ma’ruzalarini INTERNET orqali topish mumkin.
Demak boshladik:
1)
Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf
Bu Shayxga ortiqcha ta’rif
hojat emas nazarimizda. Bu hazrat butun dunyoda o’zining o’rnini topgan inson
hisoblanadi. Bu odam haqida ma’lumotni Wikipedia ensiklapediyasi orqali ham
topish mumkin. Bu kishining ma’ruzalarini topish uchun ul kishining ISLOM.UZ
saytiga murojjat qilsangiz kifoya. Bu saytda siz turli hil maqolalar, yangi
kashfiyotlar, Mo’jizlar yoyingki, ISLOM dini borasidagi O’zbek tilidagi butun bir yangiliklarni topishingiz mumkin.
Undan tashqari hammamizga tanish bo’lgan YOUTUBE saytiga ham Izlashga
bersangiz, u kishining ba’zi bir ma’ruzalari yozilgan video roliklarni ham
topishingiz mumkin. Bu domlaning qilgan eng katta ishlaridan “Qur’on oyatlari
tafsiri” hisoblanadi. Ayniqsa, “O’zbek bulbuli” bo’lmish Afzal Rafiqov uni
o’qib bergani g’oyatda ta’sirli chiqqann.
Afzal Rafiqov talqinidagi Qur’on oyatlari
tarjimasiga o’tish uchun shu yerga bosing:
2) AbduG’ani (Abdulloh) qori aka.
Bu kishi asli Qirg’izstonlik bo’lib, kelib chiqishlari,
oilaviy sharoitalari haqida bizda aniq bir ma’lumotlar yo’q. Keyingi paytlarda
bu domla haqida xalq orasida turli hil asoslanmagan fikrlar yuripti ekan. “Bu
domladan ehtiyot bo’l…” “Bu domlani qidirishyapti ekan…” “Bu domla “qora
ro’yhatda ekan…”” “Bir bola shu domlani ma’ruzalarini
internetda tinglab o’tirgan ekan, uni o’sha yerdan tutib olib chiqib
ketishipti…”va hokazo. Albatta bular asossiz ayblovlar. Umuman olganda
Respublikamizda bo’lib o’tgan qo’poruvchilik harakatlaridan keyin dinga
nisabatan nafaqat hukumat rahbarlarida balki, oddiy xalq vakillarida ham salbiy
fikrlar paydo bo’ldi. Aytmoqchimizki, agar siz diniy ma’ruzalarni tinglamoqchi
bo’lsangiz hattoki Shayx hazratning ham ma’ruzlarini ommaviy tinglab
o’tirolmaysiz. Shuning uchun ham agar siz O’zbekiston hududida bo’lib, diniy
ilmga chanqoq bo’lsangiz, eng yaxshi yo’l, uni Telefon yoki diskka yozib olib,
holi qolgan holda quloq moslamalari (naushniklar) orqali tinglaganingiz ma’qul.
“Devorning ham qulog’i bor” deydi dono xalqimiz. O’lkamizda ta’qib ostida bo’lgan
ulamolardan yagonasi bu AbduVali qori
domla hisoblanadi.
AbduG’ani
(Abdulloh) domla o’zbek musulmonlari uchun ULKAN ishlarni qildi. Qilgan
ma’ruzalardan xalq orasida eng mashhuri bu “Qalb kasalliklari”, “Payg’ambarlar
qissasi” va Hammamiz hozirgi zamonda izlayotgan va o’zimizga doimiy ravishda
savol berayotgan “Islomiy amallarni
bajarib (namoz o’qib, ro’za tutub, Masjidga jamoatga chiqib) BOY bo’lish
mumkinmi? ” degan savollarga javob sifatida “Boylik
kalitlari” bobidagi ma’ruzalaridir. Bu
kishining e’tiborga molik hislati bu-Har qanday odam tushunishi mumkin bo’lgan
tilda ma’ruza qiladi. Keltiradigan misollari oddiy kundalik hayotimizda
uchraydigan voqealardan bo’ladi. Ko’pchiligimiz diniy idora tomonidan tashkil
qilingan kutubhonalar va do’konlardan disklar yozilgan domlalarning
ma’ruzalarini tinglasak ba’zan bu holat kuzatilmayotganini sezamiz. Go’yoki
ular qanaqadir boshqa tilda
gapirayotgandek. Ko’plari o’ta adabiy tilda gapiradi. Albatta biz ularni bu
bilan ilmsizlikda ayblab yoki izlanishlari sust demoqchi emasmiz. Shunchaki
hammamizning boshimizdan o’tgan holatlarga urg’u bermoqchimiz holos! Bu qori
akaga kelsak bunday va’ziyatlar deyarli kuzatilmaydi. Har qanday mavzudagi
ma’ruzalarini, har qanday ilmiy darajadagi odam tushunib yetishi mumkin,
Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:
To’liq ma’ruzalari uchun:
Boylik kalitlari uchun:
3) Foziljon qori aka.
Bu
domlaning xalq orasidagi eng mashhur ma’ruzasi bu- “Bedana” hikoyasi. Umuman bu
domlaning ma’ruzalari deyarli hech qaysi domlanikiga o’xshamaydi chunki bu
domla asosan rivoyatlardan misol keltirib ma’ruza qiladi. Afuski bu domlaning ma’ruzalarini internetda
unchalik ham ko’p uchramaydi. Ammo ularning o’zi ham uncha-muncha odamning qalb
eshiklarini ochish uchun yetarlik bo’lishi ham mumkin.
Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:
4) Qobiljon qori aka.
Bu domla ham juda shirin ma’ruza qiladilar. Ayniqsa fonga qo'yilgan kuylar u kishining ma'ruzalarini yanada ta'sirli
Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:
5) Ulug’bek qori aka.
Bu domlaning ham ma’ruzalari
juda ma’noli. Bilamiz-ki, turli hil tabiatli odamlar bo’ladi: yumshoq, qattiq
qo’l, qo’rs, va hokazo. Har kimga biror bir narsani uqtirmoqchi bo’lsangiz
albatta uning tabiatidan kelib chiqishingiz zarur. Oramizda shunday odamlar
bor-ki, faqatgina qattiq, o’g’ir misollar yoki gap so’zlar orqali sizi
tushunishi mumkin holos. Ularga yumshoq muomala bilan biror narsani
o’rgatmoqchi bo’lsangiz, ular sizni jerkib berishadi. Ana shunday odamlar uchun
eng yaxshi dori bu Ulug’bek qori akaning ma’ruzalari to’plami. Bu qori aka
aynan muloyim gapni tushunishi qiyin bo’lgan odamlarga juda oson “o’zlarining
tilida” tushuntiradi. Demak, agarda sizning birorta tanishingiz shunday
tabiatli bo’lsa-yu, uni to’gri yo’lga kirishini xoxlasangiz, u holda sizga
Ulug’bek qori akani tavsiya etamiz. Afsuski bizga no’malum sabablarga ko’ra bu
domlaning ma’ruzalari yaqin paytlardan beri to’xtab qoldi, shuning uchun ham
unchalik ko’p miqdorda topish qiyin. Ammo YOUTUBE orqali topishingiz mumkin.
Ma’ruzalarga o’tish uchun shu yerga bosing:
Albatta har bir ilm egasi o’ziga hos o’rinda turadi.
Ham Allohning dargohida, ham insonlar qalbida. Har kimning ko’ngil eshiklari
kaliti har xil. Biz sizga keltirgan Olimlar ro’yhati faqatgina internet orqali
topish mumkin va hech qanday salbiy ta’sirga ega bo’lmaydigan odamlardan
tuzilgan.
Alloh
taolo hammamizning iymonimizni mustahkam qilsin!
E’tiboringiz uchun rahmat!!!